18:33 / 20.02.2017
9987

Rossiya neft qazib olish hajmi bo‘yicha Saudiya Arabistonidan ham o‘tib ketdi

Rossiya o‘tgan yilning dekabrida kunlik qazib olinadigan neft hajmini 25 ming barrelga oshirdi hamda bu ko‘rsatkich bo‘yicha Saudiya Arabistonidan ham o‘tib ketdi. Bu haqda RNS portali Joint Organization Data Initiative (JODI) ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Rossiyada qazib olish darajasi bir sutkada 10,49 million barrelga teng bo‘lgan bo‘lsa, Saudiya Arabistonida bu ko‘rsatkich sutkasiga 10,465 million barrelni tashkil etdi.

JODI ma'lumotiga ko‘ra, Rossiya qazib olish hajmi bo‘yicha Saudiya Arabistonini o‘tgan yilning mart oyidan beri ilk bora ortda qoldirdi.

Top