22:33 / 20.02.2017
5410

Halabni minadan tozalash ishlari yakunlandi

Rossiyalik sapyorlar Suriyaning Halab shahrini minasizlashtirish bo‘yicha ishlarni yakunlashdi va endi Rossiyaga qaytmoqdalar. Bu haqda Rossiyaning Birinchi kanalida ko‘rsatilgan reportajda so‘zlangan.

Ta'kidlanishicha, harbiylar tantanali ravishda o‘z yurtlariga kuzatildilar. Xayrlashuv marosimiga shaharda yashovchi ko‘plab tinch aholi keldi.

Halabning minasizlashtirilishida maxsus o‘rgatilgan itlar ham ishtirok etgan. 

"U hali yosh, bu uning birinchi xizmat safaridir, u bu safarda ko‘p tajriba orttirdi, biroq yana ko‘p narsa ustida ishlash kerak. Boshida biz Rossiyadagi sovuqlardan bunday issiq o‘lkaga kelganimizda unga ayniqsa qiyin bo‘ldi, u bunday sharoitga uzoq vaqt davomida moslashishiga to‘g‘ri keldi", deb aytmoqda sapyorlardan biri o‘zining iti haqida.

Halabni minasizlashtirish bo‘yicha keyingi ishlarni suriyalik sapyorlar davom ettirishadi. Reportajda aytilishicha, rossiyalik sapyorlar ularni barcha zaruriy ko‘nikmalarga o‘rgatib, ularga eng yangi qurilmalarni qoldirishgan.

Yanvar oxirida rossiyalik harbiylar Halabdagi 2 ming gektardan ko‘proq maydonni minasizlashtirganlari ma'lum qilingandi. 

Top