16:08 / 20.02.2017
18550

Tishlar salomatligining bosh omili aniqlandi

AQShning Boston universiteti sog‘liqni saqlash sohasidagi siyosat masalalari bo‘yicha eksperti Brenda Hilton og‘iz bo‘shlig‘i salomatligiga ta'sir qiluvchi bosh omilni ma'lum qildi. Bu haqda Fanni rivojlantirishga ko‘maklashish Amerika assotsiatsiyasi xabar qilmoqda

Mutaxassisning fikricha, inson og‘iz bo‘shlig‘ining gigiyenasida uning atrofidagi kishilar, — oilasi va do‘stlari muhim o‘rin tutadi. Buni shunday izohlash mumkinki, shaxs o‘z oilasi bilan tozalik va taomlarga bo‘lgan umumiy qiziqishlarini baham ko‘radi. 

Bu masalan, do‘stlar davrasida shakarli ichimliklarni iste'mol qilish yoki tishni kuniga kamida 2 marta tozalashga odatlanish kabilardir. 

Olim 200 nafardan ortiq ayol ishtirokida so‘roq o‘tkazib, shunday xulosaga kelgan. 

Mavzuga oid
Top