07:40 / 21.02.2017
5883

AQSh elchixonasi O‘zbekiston bilan hamkorlikning 25 yilligini yodga olmoqda

AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va doimiy elchixonasi O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining 25 yilligi munosabati bilan ikki mamlakat hamkorligining eng e'tiborli sanalarini yodga olishga qaror qildi. Elchixonaning Facebook sahifasida aytilishicha, 2017 yil 20 fevraldan boshlab, chorak asrlik diplomatik munosabatlarni aks ettiruvchi lavhalardan eng muhim 25tasi kuniga bittadan 25 kun mobaynida qo‘yib boriladi. 

«1992 yil 16 martda O‘zbekistonda AQSh elchixonasi ochilishidan darak bergan bayroq ko‘tarish marosimidan boshlab, AQSh va O‘zbekiston diplomatik munosabatlarini aks ettiruvchi 25 kunlik lavhalarimizni qo‘ya boshlaymiz. O‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan munosabatlarimizni 25 yilligini nishonlar ekanmiz, bizning lavhalarimizni kuzatib boring. Ushbu lavhalarimizga umumiy tariximizni eslagan holda sharh qoldiring. 

25 - Davlat Kotibi Beyker debochani ochdi. 

1992 yil 16-18 fevralda AQSh Davlat Kotibi Beyker o‘zining mintaqaga bo‘lgan sayyohati davomida O‘zbekistonga tashrif buyurdi va O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashdi. Ko‘p o‘tmay 19 fevralda AQSh Matbuot-Kotibi Marlin Fitzuoter AQSh Prezidenti Jorj Bushning Ozarboyjon, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlarni tezkorlik bilan o‘rnatish chora tadbirlarini ko‘rish buyrug‘ini e'lon qildi», - deyiladi sahifada.

Top