10:28 / 21.02.2017
8280

AQShda 11 kishi xalqaro aeroportda hech qanday tekshiruvdan o‘tmay uchib ketdi

Foto : AP

Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda o‘n bir kishi tekshiruvdan o‘tmay, noma'lum yo‘nalish bo‘ylab uchib ketishdi. Bu holat xavfsizlik tizimidagi nosozlik tufayli ro‘y bergan, deya xabar qiladi NBC News telekanali rasmiy vakillarga asosan.

Aeroport va huquqni muhofaza qilish organining yuqori lavozimli vakillari transportdagi xavfsizlik ma'muriyati 11 yo‘lovchidan birontasini tekshiruvdan o‘tkazmaganini aytgan.

Aeroport himoya tizimining buzilishi 5-Terminalda ro‘y bergan. Xabar qilinishicha, transportdagi xavfsizlik bo‘yicha ma'muriyat hodisa haqida politsiyaga ikki soat davomida ma'lum qilmagan.

Aeroport vakilining xabariga ko‘ra, barcha 11 kishi qo‘nib bo‘lgani katta ehtimolga yaqin.

Top