10:17 / 21.02.2017
59367

Arutz 7: Putin Eron bilan kelishib, Stalinning eng yomon xatosini takrorlamoqda

1939 yilda Sobiq Ittifoq va natsistlar Germaniyasi nafaqat Polshani o‘zaro bo‘lib olish haqida kelishib olishgan, balki nemis tomonga Sobiq Ittifoq neftini yetkazib berish haqida ham bir qarorga kelishgan edi. Bu Hitler tomonidan urush vaqtida avvaliga Buyuk Britaniyaga, so‘ngra Sobiq Ittifoqning o‘ziga qarshi ishlatildi, deb yozadi Arutz 7. Ayni damda Vladimir Putin Eron bilan Suriyani bo‘lib olish haqida kelishishga urinib, shuningdek, unga uran yetkazib berib, Stalinning eng falokatli xatosini takrorlamoqda, deyiladi Mark Langfanning Arutz 7 uchun yozgan maqolasida.

“1939 yilning 23 avgustidagi natsistlar va Sobiq Ittifoq o‘rtasidagi dahshatli pakt haqida barchaga ma'lum. Unda Hitler va Stalin Yevropaga birgalikda hujum qilish hamda uni bosib olishga rozi bo‘lishgan”, - deyiladi maqolada.

Hitlerning Polshaga bostirib kirishi Buyuk Britaniya va Fransiyaning natsistlar Germaniyasiga urush e'lon qilishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, britaniyalik bosh vazir Uinston Cherchill Sobiq Ittifoqqa urush e'lon qilmagan, garchi u polshaliklar hududiga bostirib kirgan bo‘lsa-da.

Biroq Germaniya va Sobiq Ittifoq o‘rtasidagi 1939 yilgi kelishuvning eng muhim jihatlaridan biri Polshaga bostirib kirish emas, balki nemislarga neft va boshqa muhim tabiiy resurslarni yetkazib berish edi. Bu esa Hitlerning avvaliga Buyuk Britaniyaga, keyin esa Sobiq Ittifoqning o‘ziga qarshi ham harbiy harakatlariga qo‘shimcha kuch berdi, deyiladi maqolada.

“Aslida Hitlerga 1939 yildan boshlab to “Barbarossa” amaliyotiga qadar yetkazib berilgan Sobiq Ittifoq nefti bo‘lmaganda, unda 1941 yilning 22 iyun kuni Sobiq Ittifoqqa samarali hujum qilish uchun yoqilg‘i bo‘lmagan bo‘lardi”, - deya yozadi Langfan.

Sobiq Ittifoq Hitler qo‘shinlarining hujumi natijasida 4 million askarini yo‘qotdi, 3 million kishi esa asirlikka olingan – bularning bari natsistlar Germaniyasiga Stalin tomonidan neft yetkazib berilishi tufayli ro‘y berdi, deya ta'kidlaydi Arutz 7.

Maqolada aytilishicha, Stalin va “tashqi ishlar vaziri Ribbentrop” tarixdagi eng katta tentaklar bo‘lishgani katta ehtimolga yaqin. Muallifning fikricha, ular shunday "tentaklar" bo‘lib prezident "Putin va uning tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov" davriga qadar qolishgan.

Stalin Hitlerga ikkita sovg‘a taqdim etgan: Polsha va neftni, deyiladi maqolada. Bugun esa Putin Eronga ikkita sovg‘a bermoqda: Suriya va uranni, undan yadro bombalarini tayyorlash mumkin.

1939 yilda Sobiq Ittifoq va Germaniya Polshaga hujum qilishga kelishib olishgan bo‘lsa, bugun Putin hamda Eron bilan “Suriyaga birgalikda hujum qilishga kelishib olishdi”. Putinning fikricha, Eron Suriyani bo‘lishga rozi. Biroq hududni bo‘lib olish Tehron o‘z qismini nazorati ostiga olmagunga qadar davom etadi. Shundan so‘ng u Rossiya prezidentiga tegishli qismni ham olib qo‘yadi, deb hisoblaydi muallif.

“Putin changni Suriya sunniylariga artib, arab dunyosi markazlaridan biri – Suriyani Eronga bermoqda. Eron Suriyani o‘z nazoratiga olib, Yaqin Sharqdagi boshqa arablarga e'tiborini qaratadi. U boshqa arab poytaxtlarida “qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchi” bo‘lganidan so‘ng Rossiya eshigini taqqilata boshlaydi. O‘sha vaqtda Eronda o‘nlab yadro bombalari bo‘ladi hamda nafaqat jahondagi barcha neft zaxiralarining 50 foizini nazorat qiladi, balki kuchli yadro salohiyatiga ham ega bo‘ladi”, - deya bashorat qilgan maqola muallifi.

Muallifning fikricha, bunday vaziyat 10-15 yildan so‘ng kuzatilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, Arutz 7 tahlilchisining taxminicha, Tehronda 10 yillardan so‘ng yuzlab yadro qurollari bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Mark Langfanning ishonch bildirishicha, Eron hukumati Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilmaydi, ular yadro qurollarini “qora bevalar” terrorchilarining chechen bo‘linmalariga yetkazib beradi hamda chechenlar Moskvada yadro halokatini amalga oshirishlariga turtki beradi. Muallifning fikricha, o‘shanda hujum ortida Tehron turganini hech kim aniqlay olmaydi.

“Rossiyaning Eronni Suriya “qiroli”ga aylanishi, uning yadro quroliga ega arab dunyosidagi gegemon va dunyodagi neft yetkazib beruvchi eng qudratli davlatga aylanishini to‘xtatish borasidagi siyosati Eronni Suriyada tor-mor keltirishiga erishish bilan bog‘liq. Aks holda Stalinning “Barbarossa” amaliyotini yoqilg‘i bilan ta'minlashi, Putinning Eronni yadro quroli bilan ta'minlashi oldida shunchaki yaxshi qadam bo‘lib qolaveradi”, - deya yozadi Mark Langfan Arutz 7 uchun o‘z maqolasida.

Top