08:15 / 21.02.2017
10982

Donbassda Axmetovning ikkita zavodi ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Ukrainaning Yenakiyev metallurgiya zavodi va «Krasnodonugol» ko‘mir birlashmasi Donbass temir yo‘l qatnovining to‘silishi va harbiy harakatlar tufayli ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bu haqda ukrainalik biznesmen Rinat Axmetovga tegishli bo‘lgan «Metinvest» guruhi saytida ma'lum qilingan

Ta'kidlanishicha, harbiy harakatlar boshlanganidan beri YeMZ temir rudasini yetkazib berishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymoqda. Yasinovataya – Skotovataya temir yo‘lida harakatlanish cheklanganidan so‘ng, xom-ashyo va tayyor mahsulotni tashish umuman imkonsizdir. 

Hozirda YeMZda vaqtinchalik konservatsiyaga tayyorgarlik ishlari yakunlangan. «Krasnodonugol»ning 6ta konida ham ishlar to‘xtatilgan. 

Top