00:06 / 21.02.2017
6782

Eng yaxshi intellektual mulk obekti uchun “Yangi intellekt-2017” yillik tanlovi e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodiyotni rag‘batlantirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko‘maklashish, ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish, ixtirochilik faoliyatini faollashtirish, qo‘llab-quvvatlash, eng yaxshi intellektual mulk obektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash maqsadida “Ixtiro”, “Foydali model”, “Sanoat namunasi”, “EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari” yo‘nalishlari bo‘yicha e'lon qilingan “Yangi intellekt” yillik tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilishni davom ettirmoqda. Bu haqda agentlik Axborot xizmati xabar bermoqda.

Tanlovga oxirgi 3 yil (2014-2016 yillar) ichida O‘zbekiston Respublikasi patentini olgan intellektual mulk obektlari hamda milliy dasturchilar tomonidan yaratilgan EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2017 yilning 31 martiga qadar qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari 26 aprel - Xalqaro intellektual mulk kuni e'lon qilinadi.

Tanlovga talabnomalar ish kunlari soat 9.00 dan 17.00 ga qadar quyidagi manzilda:

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000,Toshkent sh., Mustaqillik shoh ko‘chasi, 59, (5 – qavat), “Yangi intellekt” yillik tanloviga” deb ko‘rsatilgan holda qabul qilinadi

Ma'lumot uchun telefonlar: 232-50-50; 232-50-41; 232-50-13.

Top