10:32 / 21.02.2017
10290

Ijtimoiy moslashuv markazidagi firibgar ushlandi

Toshkent viloyatidagi tumanlardan birining ijtimoiy moslashuv markazida ishlagan Furqat Donaboyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) jazosini ijro etish muassasasidan ozod etilgan fuqaro Ahror Sanaqulovga davlatimiz tomonidan ajratilgan 645 ming 810 so‘m pulni olganligi to‘g‘risidagi chiqim orderiga imzo qo‘ydirib, unga 500 ming so‘mni beradi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

U hujjatlarni rasmiylashtirish uchun xarajat qilindi, deya qolgan 145 ming so‘mini bermasdan, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi. U xuddi shu yo‘l bilan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga jo‘natilgan yana 1 mln. so‘mdan ortiq pullarni ham firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

F.Donaboyev bu ishlardan hech kim xabar topmaydi, deb kalta o‘yladi. U jinoiy harakatlarini davom ettirib, 18ta holatda fuqarolar nomiga kelgan 2 mln. 130 ming so‘m pullarni cho‘ntagiga urgani surishtiruv jarayonida fosh etildi.

Qonunlarga xilof ravishda sodir etilgan har bir harakat jazosiz qolmaydi. Sud tomonidan F.Donaboyevga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.

Top