15:51 / 21.02.2017
7318

Qazzofiyning akasi BMT Xavfsizlik Kengashidan 2011 yil voqealari uchun uzr so‘rashni talab qildi

«Liviya milliy kurash fronti» siyosiy tashkiloti rahbari Muammar Qazzofiyning amakivachchasi Ahmad Kazzof ad-Dam BMT Xavfsizlik Kengashidan Liviyadagi 2011 yilgi voqealardagi qabul qilingan rezolyutsiyalarni buzgan holda ishtirok etgani uchun uzr so‘rashni talab qildi.

Ahmad Qazzof ad-Dam RT uchun bergan intervyusida Liviya «arab bahori» boshlanib, Muammar Qazzofiy rejimi ag‘darilishidan keyin qanday hayot kechira boshlagani haqida gapirgan.

«Bu 6 yil qo‘rqinchli yillardir. Buning uchun aybdorlar o‘zini hech qanaqasiga oqlay olmaydi. Liviyada bugun nimalar bo‘layotganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turibdi. Hammayoqda vayronalik, qochqinlar, ochlik. Bizning mamlakatmiz zimiston ichida qoldi, xalq azoblarga bardosh berishga majbur bo‘lmoqda, bunga BMT XKning nohaq rezolyutsiyasi sabab», — degan u.

Uning fikricha bu holat uchun mas'uliyat Xavfsizlik Kengashi zimmasidadir.

«Biz ular barcha liviyaliklardan uzr so‘rashini talab etishimiz kerak. Men uyini yo‘qotgan, xo‘rlangan va haqoratlangan har bir kishi nomidan BMT XK 2011 yil voqealari uchun uzr so‘rashini talab etaman. Ularning mas'uliyatsizlik bilan qabul qilingan rezolyutsiyasi bu voqealarni keltirib chiqardi. Bu gap to‘g‘riligini amerikaliklarning sobiq prezidenti Obama, Italiya prezidenti, Buyuk Britaniya palatalari tan olgan, barcha xalqaro tekshiruvlar Liviyadagi voqealar xalq inqilobi bo‘lmaganini ko‘rsatgan», — degan u.

Top