Adrenaline Rush kompaniyasi o‘zining YouTube-kanalida motopoygachi Vladimir Yarigin dunyodagi eng katta yuk mashinalari hisoblanadigan BelAz yuk mashinalari bilan antiqa tryuk bajargan reklama roligini joylashtirdi. Tryuk bajarilishi vaqtida ro‘parama-ro‘para turgan yuk mashinalari bir-biridan 20 metr uzoqlikda harakatlangan. Yarigin bir yuk mashinasidagi tramplindan tezlashib kelib, ikkinchi yuk mashinasidagi tramplinga uchib o‘tadi. U 18 metr balandlikdan parvoz qilgan vaqtda Hart Attack tryukini bajardi.
Motopoygachi aql bovar qilmas tryuk bajardi
Mavzuga oid