11:57 / 21.02.2017
6132

NY Post: Nyu Yorkda selfiga «kasal» bo‘lganlar muz ostiga tushib ketdi

20 fevral kuni kechqurun 6 nafar o‘spirin Nyu York shahri Markaziy parkidagi hovuzni qoplagan muz ostiga tushib ketdi. Ular "haddan ortiq sovqotish" tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi, deb xabar qilmoqda shaharning o‘t o‘chirish xizmati. 

«Bolalar o‘ynayotgan edi. Birlari xavfli ekanini aytishsa, boshqalari o‘z so‘zida turib olishdi. Natijada ularning barchasi birgalikda to‘planib selfiga tushmoqchi bo‘lishganda, og‘irlikka bardosh bera olmagan muz yorilib, o‘smirlar suvga tushib ketdi», - deya hikoya qilgan paragvaylik Mayya Ramires The New York Post nashriga. 

O‘t o‘chirish xizmati rahbari o‘rinbosari Jon Skofning aytishicha, hodisa kechki oltilar atrofida 5-avenyu va 59-ko‘cha chorrahasi yaqinidagi Markaziy park hovuzida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, gap 10-15 yoshli bolalar haqida ketmoqda. O‘spirinlarni qutqarishga ulardan kattaroq ikki nafar o‘smir bola tashlangan, ammo, ularni ham qutqarishga to‘g‘ri kelgan. 

O‘t o‘chiruvchilarning ma'lum qilishicha, hovuzdagi suv juda sovuq bo‘lgan, bolalar tushib ketgan joy chuqurligi 5 metrdan oshgan.

Mavzuga oid
Top