«Real» va «PSJ» o‘zaro hujumchilarni almashish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Savdo markazida ikki futbolchi Karim Benzema va Edinson Kavani nomi tilga olinmoqda, deb yozadi Bernabeu Digital nashri.
Ikkala jamoa prezidenti – Florentino Peres va Nossir Al-Xalayfiy – bu borada maslahatlashish uchun ko‘rishib olishgan va transferning imkoniyatlari bo‘yicha gaplashib olgan. Bundan tashqari ikki funktsioner o‘rtasida do‘stona aloqalar o‘rnatilgan.
Xabar qilinishicha ushbu almashinuv mavsum nihoyasiga yetgach, amalga oshirilishi mumkin.