12:49 / 22.02.2017
21921

Banknotlar chiqaruvchi eng yetakchi kompaniya Tojikiston uchun pul chiqarishi mumkin

Dunyodagi banknotlar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya De La Rue Tojikiston milliy bankida o‘zining mahsulotini taqdim etdi. Britaniya kompaniyasi xizmatlaridan dunyoning 150ga yaqin mamlakat milliy banki foydalanadi.

Britaniya kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuvda Tojikiston milliy banki raisining birinchi o‘rinbosari Jamoliddin Nuraliyev, o‘rinbosarlar Lola Salimova va Hamidullo Mashrabzoda, shuningdek mamlakat tijorat banklari vakillari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda bank matbuot xizmati.

De La Rue vakillari tadbir ishtirokchilarini kompaniyaning banknotlar ishlab chiqarish bozoridagi faoliyati bilan tanishtirishdi. Xususan, bank 1913 yilda tashkil etilgandan buyon bank mahsulotlari va texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi eng yetakchi kompaniyalardan biri ekani ta'kidlandi. 

Kompaniya dunyoning 150 mamlakati milliy valyutalari uchun banknotalar chiqaradi. Jumladan ushbu kompaniya tomonidan Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Litva, Latviya, Turkmaniston va Qirg‘iziston qog‘oz pullari chiqariladi.

Bundan tashqari, u pasportlar, haydovchilik guvohnomalari va boshqa hujjatlarni tayyorlaydi, hisob-kitob va banknotlarni tekshiruvchi qurilmalar ishlab chiqaradi.

Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, Tojikiston valyutasi – somoniy Germaniyaning Giesecke & Divirent kompaniyasi tomonidan chiqariladi. Tojikiston tangalari esa Qozog‘iston Respublikasi milliy bankining zarbxonasida tayyorlanadi.

Top