19:03 / 22.02.2017
15822

Chaqalog‘ini 4 million so‘mga sotib yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatida tug‘uruqxonadan chiqa solib, o‘z chaqalog‘ini sotib yubormoqchi bo‘lgan ayol hamda uning hamtovoqlari qo‘lga olindi.

“Na postu” gazetasining yozishicha, ayol tug‘uruqxonaning o‘zida tug‘ilajak farzandini sotish niyatida ekanini palatadagi qo‘shni ayollarga aytib o‘tgan. Ayol tug‘uruqxonadan chiqishi bilan uning yoniga chaqaloqni sotib berish taklifi bilan bir ayol keladi. 

Surxondaryolik ayol go‘dagini 5 million so‘mga baholaydi, biroq keyinchalik xaridorlarning rozi bo‘lmagani tufayli yana bir million so‘mga tushadi.

“Kelishuv” kafelardan birida amalga oshiriladi. Pulni olgan ayol va uning singlisi uni sanashga tushib ketishadi, o‘rtadagi shaxs esa chaqaloqni olib kafedan chiqib ketmoqchi bo‘lganida huquqni muhofaza qilish organi xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi. 

Aybdorlarga qanday jazo belgilanganligi xabar qilinmagan. 

Top