19:06 / 22.02.2017
18811

Iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida belgilangan iqtisodiyotni yanada rivojlantirish hamda liberallashtiriga oid belgilangan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta'minlash, aholi turmush sharoitini yuksaltirishda muhim o‘rin egallaydi. Ushbu yo‘nalishda quyidagi ustuvor vazifalar belgilangan:

⦁  iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatbardoshligini oshirish;
⦁  iqtisodiy mustaqillikni rivojlantirish;
⦁  makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash;
⦁  yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
⦁  moliya-bank sohasini isloh etish;
⦁  tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish;
⦁  xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish.

Shuningdek tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash, huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar kelgusida nafaqat oilalar farovonligining ta'minlanishi, balki yurtimiz iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Top