10:11 / 22.02.2017
5644

Tailandda 9-qavat balandligidan yiqilgan sayyoh omon qoldi

Foto: Patong Police

Tailandning Pattayya kurort shahrida germaniyalik sayyoh 9-qavat balandligidan yiqilib omon qoldi, deb xabar bermoqda Phuket Gazette nashrining internet-versiyasi.

Ta'kidlanishicha, 53 yoshli erkak mehmonxona tomidan yiqilib ketgan. Bu yerda mehmonxona bari joylashgan bo‘lgan. Uning yiqilishini mehmonxonaga tirkab qurilgan kafe tomi yumshatgan. Sayyoh yiqilishi oqibatida qo‘lini sindirib olgan va bir necha kichik jarohatlar olgan. Ayni vaqtda u shaharning shifoxonalaridan birida qolmoqda va ahvoli barqaror. 
 
Politsiya voqea tafsilotlarini tergov qilmoqda. Politsiyaning mehmonxona xodimlaridan olgan ma'lumotlariga ko‘ra, mehmonxonada 12 fevraldan beri yashab kelgan sayyoh har kuni katta miqdorda spirtli ichimliklar ichgan va ko‘pincha mast holda bo‘lgan. U mastligi sababli ham yiqilgan bo‘lishi mumkin.

Foto:  Patong Police
Foto:  Patong Police
Foto:  Patong Police
Mavzuga oid
Top