22:06 / 22.02.2017
7842

Uchquduqda «Yoshlar markazi» barpo etilmoqda

Joriy yil boshidanoq Uchquduq tumanidagi «Kamolot» bog‘ida hamda zamonaviy ko‘rinishda barpo etilayotgan «Yoshlar markazi»da bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. «Yoshlar markazi» joriy yilning Navro‘z bayrami arafasida Uchquduq tumanidagi «Kamolot» yoshlariga topshirilishi rejalashtirilgan.

 «Yoshlar markazi»ni barpo etish tuman yoshlari taklifi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Loyihaga Navoiy kon-metallurgiya kombinati homiylik qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, qurilishda Zarafshon qurilish boshqarmasi hamda Shimoliy kon-boshqarmasi rahbariyati va ishchi xodimlari ham xizmat qilmoqda.

Mavzuga oid
Top