18:46 / 22.02.2017
6240

O‘lim bilan yakunlangan YTH aybdori bo‘lgan rossiyalik diplomat Qirg‘izistonni tark etdi

Rossiya elchixonasi birinchi kotibi Viktor Puxov Qirg‘izistonni tark etdi. Bu haqda diplomatik missiya matbuot kotibi Darya Paxomova ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq aynan Puxovning mashinasi ishtirokida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Darya Paxamovaning so‘zlariga ko‘ra, Viktor Puxov Rossiyaga diplomatik missiya topshirig‘i bilan jo‘nab ketgan.

U qachon qaytishi va tergov berishi haqidagi savolga elchixonadagilar javob bera olishmagan.

Bundan tashqari, matbuot kotibi YTHni keltirib chiqargan Toyota Land Cruiser Prado rusumli avtomobil boshqaruvida Viktor Puxov bo‘lganini tasdiqlagan.

Avariya 16 fevral kuni Bishkek shahrida sodir bo‘lgandi. O‘shanda Puxovning mashinasi qizil chiroq yonib turganida harakatlanishda davom etib, boshqa avtomobilga borib urilgandi va ikkinchi avtomobil haydovchisi halok bo‘lgandi.

Hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Mavzuga oid
Top