O'zbekitson Respublikasi adliya vazirligi tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati” mavzuida matbuot anjumani o'tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Unda ommaviy axborot vositalari xodimlariga davlat rahbarining 2017 yil 
7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi farmonining ahamiyati, unda belgilangan ustivor yo'nalishlar, xususan, joriy yil dasturining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari to'g'risida zarur ma`lumotlar taqdim etildi.

Farmonda Harakatlar strategiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida uni O'zbekistonda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo'yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshirish tartibi belgilangan.

Shunga ko'ra, hamda mamlakatimizda 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e`lon qilinganidan kelib chiqib, Farmon bilan 2 ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan hujjat – 2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini va uning asosida  “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.

Davlat dasturi V bo'lim, 320 banddan iborat bo'lib, uning I bo'limi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan. 

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Milliy komissiya tuzilmoqda. 

Muloqot asnosida tadbir ishtirokchilarining e`tibori Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 8 fevral kuni qabul qilingan “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga yo'naltirildi. Mazkur hujjat xuquqiy axborotni tarqatish va huquqiy targ'ibot o'tkazishning amaldagi tizimini tanqidiy tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan bo'lib, unda yangi qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni tarqatishning yagona tartibini o'rnatish, ularning mohiyati va ahamiyatini aholi  o'rtasida tushuntirish nazarda tutilmoqda. 

Anjumanda ushbu qarordagi yangiliklar, huquqiy axborot tarqatishning ko'zda tutilayotgan yangi mexanizmi, bu jarayonda Adliya vazirligining vakolatlari, Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasini takomillashtirish borasida belgilangan vazifalarga urg'u berildi. Uchrashuv jonli, ochiq muloqot asnosida o'tdi.