23:59 / 23.02.2017
7354

A.Mamin: "O‘zbekiston hayotning barcha jabhalarida biz uchun ishonchli hamkor"

Foto: Kun.uz

23 fevral kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida o‘zbek va qozoq diplomatlari o‘rtasida 16-Hukumatlararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Qozog‘iston va O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo-sanoat, investitsiya, neft-gaz, bojxona, transport, energetika, elektr texnikasi, temir yo‘l, aviatashuv, mashinasozlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan vazirlik va idoralari rahbar va vakillari ishtirok etishdi. 

"O‘zbekiston - hayotning barcha jabhalarida biz uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkor", - dedi Qozog‘iston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Asqar Mamin. 

Mamin Qozog‘iston va O‘zbekiston qisqa muddatlarda tashqi savdo aloqalarini mustahkamlanishi zarurligini qayd etdi. Qozog‘istonda sanoat, neft va kimyoviy mahsulotlar yo‘nalishi bo‘yicha savdo uylari tashkil etilganini ta'kidlandi. Kelgusida boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma savdo uylari yaratish rejalashtirilganini ma'lum qildi.  A.Mamin  yaqin istiqbolda tovar ayirboshlashni oshirish asosiy maqsadlardan biri ekanini ta'kidladi. 

Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari iqtisodiy hamkorlikning yangilangan strategiyasi ishlab chiqilganini ma'lum qildi. Unda ikki tomonlama hamkorlik qilinadigan sohalar ko‘lamini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgani qayd etildi. 

Shuningdek tadbirda Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan "Ekspo-2017" ko‘rgazmasida O‘zbekiston vakillarining ishtirok etishi tasdiqlandi. 

Top