10:32 / 23.02.2017
6290

Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlari rahbarlarining virtual qabulxonalari ishga tushdi

Joriy yilning fevral oyidan e'tiboran O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy organlari rahbarlarining virtual qabulxonalari ishga tushdi. Bu haqda qo‘mita rasmiy sayti xabar berdi.

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar xususiylashtirish, davlat mulki obektlarini ijaraga olish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, bankrotlik, birja, baholash va riyeltorlik faoliyati va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar yoki shikoyatlarining joyida tezkor hal etilishi uchun qabul.gkk.uz manzili yordamida virtual qabulxonalarga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 7 noyabr kunidan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi ishga tushgandi. Jismoniy va yuridik shaxslar online.gkk.uz manzili orqali o‘z murojaatlarini yuborish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi.

Top