16:33 / 23.02.2017
25901

Mart oyidan boshlab Qozog‘istonda GM Uzbekistan avtomobillari yig‘ilishi ma'lum qilindi

Bugun, 23 fevral kuni Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari A.Mamin boshchiligdagi delegatsiyaning Toshkentga tashrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha 16-Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda qo‘shni Qozog‘iston vakillari O‘zbekistondagi islohotlarni diqqat bilan kuzatib borayotganliklarini ta'kidlashdi. Shuningdek Qozog‘istonda ham modernizatsiyalashning 3-bosqichi amalga oshirilayotgani qayd etildi. 

"Kun" muxbirining xabar berishicha, tadbirda Qozog‘iston hududida savdo uylari yaratilgani aytib o‘tildi. Shuningdek sohalar bo‘yicha hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadga muvofiq ekani ta'kidlandi. 

Shu o‘rinda GM aksiyadorlik jamiyati avtomobillarining bundan buyon Qozog‘iston hududida ham yig‘ilishi qayd etildi. O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov bu borada o‘zaro kelishuvga erishilgani hamda loyihaning mart oyidan yo‘lga qo‘yilishini ma'lum qildi. 

Top