20:46 / 23.02.2017
7738

O‘tgan yilda chakana savdo tovar aylanmasi qanchani tashkil etgani ma'lum bo‘ldi

2016 yilning yanvar–dekabrida chakana savdo tovar aylanmasi 88 033,6 mlrd. so‘mni yoki 2015 yilning yanvar–dekabriga nisbatan 114,4 foizni tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yirik korxonalar chakana savdo tovar aylanmasi 9 166,2 mlrd. so‘mni va umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 10,4 foizni tashkil qildi. 

Kichik tadbirkorlik (biznes) sub'yektlarining chakana savdo tovar aylanmasi 17,7 foizga ko‘payib, 78 867,4 mlrd. so‘mni, chakana savdo tovar aylanmasi umumiy hajmidagi ulushi esa 89,6 foizni tashkil qildi.

Kichik tadbirkorlik (biznes) sub'yektlari tovar aylanmasi umumiy hajmida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 12 500,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi yoki o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 6,6 foizga oshdi. Jami chakana savdo tovar aylanmasi hajmida ushbu sektor ulushi 14,2 foizga teng bo‘ldi. 

Hisobot davrida moliyaviy xizmatlar 119,2 foizga, ijara va prokat bo‘yicha xizmatlar 117,8 foizga, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 116,1 foizga, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar 115,8 foizga, kompyuter va maishiy tovarlarni ta'mirlash bo‘yicha xizmatlar 114,9 foizga, savdo sohasidagi xizmatlar 114,7 foizga oshdi.

Xizmatlar tarkibida eng katta ulush transport xizmatlari (jami xizmatlarning 29,1 foizi), savdo xizmatlari (28,7 foizi), moliyaviy xizmatlar (10,8 foizi), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (6,7 foizi) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Mavzuga oid
Top