09:25 / 23.02.2017
5450

«Yuventus» mehmonda «Portu» ustidan g‘alaba qozondi

UYeFA Chempionlar ligasi 1/8 finali birinchi uchrashuvi doirasida Portugaliyaga safar qilgan Italiyaning «Yuventus» jamoasi «Portu» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv «Dragau» stadionida bo‘lib o‘tdi va mezbonlarning 0:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. 

Turin jamoasi ikkala golni ham ikkinchi taymda urdi. Gollarni xorvatiyalik Marko Pyatsa va braziliyalik xavbek Dani Alves 72-, 74-daqiqalarda o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi. E'tiborlisi, gollar mualliflari zaxiradan maydonga tushishgan edi. Qayd etish joizki, portugaliyaliklar uchrashuvning 27-daqiqasida 10 kishi bo‘lib qolishdi. Himoyachi Aleks Telles ikkinchi sariqdan so‘ng, maydondan chetlashtirildi. 

Portu – Yuventus 0:2
Gollar:
0:1 – 72 Pyatsa, 0:2 – 74 Dani Alves.
Portu – Kasilyas, Pereyra, Felipe, Markano, Telles, Danilu Pereyra, Errera, Ruben Nevesh (Korona, 61), Braimi (Diogu Jota, 73), Andre Silva (Layyun, 30), Soares.
Yuventus – Buffon, Lixtshtayner (Dani Alves, 73), Bardzali, Kellini, Aleks Sandro, Xedira, Pyanich, Kuadrado (Pyatsa, 67), Dibala (Markizio, 86), Mandjukich, Iguain.
Ogohlantirishlar: Telles (25), Pereyra (45), Lixtshtayner (50), Errera (85), Markano (89).
Chetlatish: Telles (27).

Top