13:41 / 23.02.2017
27039

Prezidentning ilk rasmiy tashrifi Rossiyaga emas, Qozog‘istonga bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mart oyida Qozog‘istonga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda 2017 yil 23 fevral kuni Toshkentdagi biznes markazida ikki yoqlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida qo‘shma 16-hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ma'lum qilindi. 

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning mart oyida Qozog‘istonga davlat rahbari sifatida o‘zining ilk tashrifini amalga oshirishi mumkin”, - deb xabar beradi hukumatlararo komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov. 

Bugungi tadbir Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari A.Mamin boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida tashkil etildi.

Bundan oldinroq Shavkat Mirziyoyev aprel oyi boshida Moskvaga rasmiy davlat tashrifi bilan borishi haqida xabar berilgandi.

Top