12:52 / 24.02.2017
7691

Aql bovar qilmas rekord: polshalik uch yil ichida 700dan ortiq videoo‘yinni boshidan oxirigacha o‘ynab chiqdi 

O‘zingiz istagan narsaga sarflaydigan ko‘p vaqtingiz bo‘lgani naqadar yaxshi. Masalan, vaqtni Dendy’ning tayvanlik nusxasi Nintendo Entertainment System (NES) 8-bitli o‘yin qurilmasiga ajratish mumkin. 1983 yilda chiqarilgan qurilma o‘nlab million geymerlarning sevimli uskunasiga aylandi, shuning uchun unga juda ham ko‘plab o‘yinlar chiqarilgan. Polshalik Pyotr Delgado Kuselchuk biroz kutilmagan qarorga keldi: u NES uchun chiqarilgan barcha o‘yinlarni oxirigacha o‘ynab ko‘rdi.

Pyotrning videoo‘yinlarga qarshi bunday “salb yurishi” 2014 yilda boshlangan bo‘lib, faqatgina keyingi yakshanba o‘z nihoyasiga yetadi. NES tarkibiga kirgan o‘yinlar ro‘yxatida 714ta nom bo‘lib, ularning 679tasi AQShda, qolgan 35tasi esa Yevropa mamlakatlari bozorlarida chiqarilgan. Pyotr o‘z rekordini o‘rnatishda bir muammo bilan duch keldi: agarda o‘yinning oxirigacha borish imkonsiz bo‘lsa, nima qilish kerak? Bunday vaziyatda u uni qayta boshlangunga qadar o‘ynagan. Qolgan o‘yinlar esa boshidan oxirigacha to‘liq o‘ynalgan, shu bilan bir qatorda, o‘yin jarayonini Pyotrning Twitch’dagi sahifasini kuzatib boruvchi minglab kishilar tomosha qilishgan.

Pyotr turli o‘yinlarga turlicha vaqt sarfladi. Masalan, u Championship Pool o‘yiniga 39 soat ajratgan bo‘lsa, Ikari Warriors uchun esa 37 soat talab etildi. Pyotr tarmoqda videoo‘yinlarni katta tezlikda o‘ynash orqali mashhur bo‘lib ketgan. 

«O‘sha payt men katta toqqa chiqib olishga qaror qilgan bolakayga o‘xshab ketdim. Men hisob bo‘yicha 50-o‘yinni o‘ynayotganimda, maqsadimga erishish uchun yillar talab etilishi mumkinligini his etdim. Biroq bo‘shashish hamda ortga qaytish mumkin emasdi», - deya aytib o‘tdi Pyotr Kuselchuk uch yildan so‘ng.

Pyotr atigi bitta o‘yinni oxiriga yetkazishi qoldi, u bu holatni 26 fevral kuni amalga oshirmoqchi. Bu shaxs o‘ziga xos rekordni yaqin kunlarda o‘rnatishi katta ehtimolga yaqin bo‘lib turibdi. Darvoqe, Nintendo yaqinda NES Mini retro-qurilmasini chiqardi, uning xotirasiga o‘tgan davrlarning eng mashhur 30ta o‘yinni kiritilgan - Super Mario Bros., The Legend of Zelda, Metroid va boshqalar.

Top