10:06 / 24.02.2017
5277

AQShda sobiq harbiy muhojirlarga qarata o‘t ochdi

AQShning Kanzas shtatida amerika dengiz-piyoda qo‘shinlari sobiq askari Adam Purinton barda asli kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan kishilarga qarata o‘t ochdi, bir inson halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Xabar qilinishicha, sobiq harbiy “Mening mamlakatimdan yo‘qolinglar!” deb baqirib hindistonliklarni o‘qqa tutgan, buning oqibatida Hindistonning Haydarobod shahridan bo‘lgan 32 yoshli aviatsia muhandisi Shrinivas Kuchibxotla hayotdan ko‘z yumgan.

Ikki inson turli darajada jarohatlar olib, kasalxonaga olib ketilgan, gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Avvalroq AQShning Ohayo shtatida politsiyachilar ularga o‘yinchoq to‘pponcha bilan o‘qtalgan 15 yoshli o‘smirni otib o‘ldirishgani xabar qilingandi.

Top