Internetda Britaniyaning FlyBe kompaniyasi samolyoti Amsterdam aeroportida halokatga uchrashiga bir baxya qolgani tasvirlangan videoyozuv tarqaldi. Layner uchish-qo'nish yo'lagidan chiqib ketgan.

Videorolikda havo kemasi qo'nish chog'ida yonboshiga "yotib qolganini", shu bilan bir qatorda, parraklardan biri uchish-qo'nish yo'lagiga tegib ketganini ko'rish mumkin.

Aerovokzal ma`muriyati ma`lumotiga ko'ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Samolyotda bo'lgan barcha 59 yo'lovchi avtobusda terminalga olib ketildi.

Daily Mail’ning xabar berishicha, hodisaga kuchli shamol sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.