20:56 / 24.02.2017
4121

Britaniyaga muhojirlar oqimi keyingi 2 yildagi minimumga tushdi

Britaniya milliy statistikasi byurosi 2015 yil sentabridan 2016 yil sentabrigacha muddatda mamlakatga kelgan muhojirlar soni haqidagi ma'lumotni e'lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatga kelgan muhojirlar soni 1 yilda 49 ming nafarga kamayib, 273 ming nafarni tashkil qilgan.

Bu 2014 yilning iyunidan beri 300 minglik ko‘rsatkichdan past natija qayd etilishi bo‘ldi. Ammo bu hukumat rejasidagidan yuqoriroq natijadir, rejaga ko‘ra muhojirlar oqimini 100 mingga tushirish ko‘zda tutilgandi.

Britaniyaga uzoq muddatga kelganlar soni 596 ming nafar bo‘lgan, shundan 268 ming nafari YeI davlatlari fuqarolari, 257 ming nafari boshqa mamlakatlar fuqarolari va 71 ming nafari britaniyaliklar. Mamlakatga ishlash va ish topish maqsadida kirganlar soni 294 mingni tashkil qilgan.

YeI davlatlaridan Ruminiya va Bolgariyadan Britaniyaga keluvchilar soni eng ko‘pni tashkil qilgan: 74 ming. Bu YeIdan keluvchilar umumiy sonining uchdan biriga teng.

Britaniya IIV rahbarining muhojirlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Robert Gudvill hukumat mamlakatga keluvchilar sonini kamaytirish choralari ko‘rilishi haqida ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat o‘z oldiga sof migratsiya miqdorini 10 minggacha tushirishni maqsad qilib qo‘ygan.

Buyuk Britaniyani 323 ming kishi tark etishi ko‘zda tutilgan.

Top