16:35 / 24.02.2017
37699

Eshitdingizmi, Obama Fransiya prezidenti bo‘lishi mumkin?! 

Fransiyalik faollar AQSh sobiq prezidenti Barak Obama o‘z nomzodini Fransiyadagi prezidentlik saylovlariga qo‘yishi uchun kampaniya boshladilar. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Parijda AQSh sobiq yetakchisini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Obama17 plakatlari paydo bo‘lgan.

Ularda fuqarolarni saytga kirish hamda Obama nomzodini ilgari surish haqidagi petitsiyani imzolashga chaqirilgan. Faollarning maqsadi – 1 million imzoni yig‘ish.

«Fransiya o‘ta o‘ng nomzod uchun ommaviy ravishda ovoz berishni rejalashtirayotgan bir payt, biz bu sayyoraga xorijlikni prezident etib saylab, demokratiya darsini berishimiz mumkin», - deyiladi faollar saytida.

Nashrning ta'kidlashicha, AQSh sobiq rahbarining fransiyalik tarafdorlari oldida Barak Obama Fransiya prezidentligi uchun nomzod bo‘lishida bitta to‘siq bor. Fransiya qonunlariga ko‘ra, mamlakat prezidenti etib faqatgina fransiyalik saylanishi mumkin.

Top