13:48 / 24.02.2017
11365

Xotinning yomoni er qaritar: De Niro rafiqasi tufayli sifatsiz filmlarda suratga tushmoqda

Taniqli hollivudlik aktyor, ikkita “Oskar” mukofoti sohibi Robert De Niro juda ham sifatsiz filmlarda suratga tushishga majbur bo‘lmoqda. U buni rafiqasi Greys Haytauerning juda ham katta sarf-xarajatlari sabab amalga oshirmoqda. Kino yulduzining hayotidagi muammolar haqida New York Post nashri xabar berdi.

De Niro va Haytauer oilasidagi moliyaviy muammolar besh yil muqaddam ochilgan Grace Hightower & Coffees of Rwanda qahvaxonalar tarmog‘i sabab kelib chiqqan. Biroq biznes u qadar omadli bo‘lmadi hamda asta-sekin inqirozga yuz tutmoqda va aktyorning ko‘p miqdorda pul sarflashiga sababchi bo‘lmoqda.

Nashrning ma'lum qilishicha, yaqinda De Niro Manxettendagi barlardan birida rafiqasiga baland ovozda: “Sen hamma pullarimni ishlatmaganingda, yomon filmlarda suratga tushishga majbur bo‘lmasdim!”, deya baqirgan.

Ma'lumot uchun, Robert De Niro so‘nggi yillarda tushgan kartinalari tufayli jiddiy tanqid ostiga olinmoqda. Masalan, oxirgi “Yengil tabiatli bobo” filmi tufayli aktyor yilning eng yomon kartinasiga topshiriluvchi antimukofot – “Oltin malina”ga nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi.

Mavzuga oid
Top