22:39 / 24.02.2017
6389

Ilon Mask 2017 yilga belgilangan rejalari bilan bo‘lishdi

SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask sarmoyachilarga yo‘llagan choraklik maktubida Tesla kompaniyasi faoliyati haqida hisobot berdi va kelajakka rejalar bilan bo‘lishdi. Mask kompaniya yangi Tesla Model 3 modelini ishlab chiqarishdan tashqari, yana bir nechta Gigafactory zavodi qurmoqchi ekanligini ma'lum qildi. 

Ikkinchi Gigafactory zavodi Buffalo shahri yaqinida qurila boshlandi, biroq Mask ikkita zavod bilan kifoyalanib qolmoqchi emas va shu sababli kamida yana uchta shunday zavod qurmoqchi. Mask bu zavodlar qayerda joylashishini hali bilmasligini aytdi. Uning aytishicha, bu 2017 yilda sodir bo‘ladi.

Maktubda aytilishicha, Tesla Model 3 modelini ishlab chiqarish uchun zaruriy uskunalar Gigafactory 1’da o‘rnatilmoqda. U yerda batareyalar ishlab chiqarila boshlandi. 

Bundan tashqari, Mask avtomobil savdosi bo‘yicha hisobot berdi. O‘tgan yil dekabrida kompaniya mahsulotiga qiziqish ancha oshgan, shuning uchun Mask 2017 yil birinchi yarmida 47 mingtaga yaqin Model S va 50 mingtaga yaqin Model X modellaridan sotishga umid qilmoqda. 

Mavzuga oid
Top