10:20 / 24.02.2017
18659

INSPIRING EDUCATION – kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti

Texnologiyalar rivojlangan zamonaviy davrda ta’limga yuqori baho bermaslikning iloji yo‘q. Ta’limga kelajakdagi muvaffaqiyatlarning asosiy sharti sifatida qaraladi. Bugungi kunda respublikamizda ta’limga juda katta e’tibor berilmoqda hamda ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Oliy o‘quv yurtiga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun ayni paytda yurtimizda 600 ga yaqin nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. INSPIRING EDUCATION o‘quv markazi ana shunday ta’lim dargohlaridan biri bo‘lib, yoshlarga ta’lim berishda o‘ziga xos dastur asosida bilim berib kelmoqda.

O‘quv markazi o‘z faoliyatini boshlaganiga unchalik ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q, lekin bu davr mobaynida o‘ziga yarasha muvaffaqiyatlarga erishdi. Jumladan, markazda ta’lim olgan abituriyentlar bugun respublika va xalqaro oliy o‘quv yurtlari talabalari bo‘lish baxtiga erishdilar.

Bizning markaz xodimlari turli o‘quv muassasalarida katta ilmiy tajriba orttirgan o‘qituvchilardan iborat. Ular ko‘p yillik faoliyati davomida yosh avlodga bilim berishni o‘zining hayoti mazmuniga aylantirgan, halollik va vijdonlilik tamoyillarini, sifatlilik va serunumlilikni birinchi o‘ringa qo‘yadigan o‘qituvchilardir. Ularning mehnati samarasini o‘quvchilarining respublika va xalqaro fan olimpiadalarida erishgan yuqori natijalari misolida ko‘rish mumkin.

O‘quv markazi quyidagi kurslarni taklif etadi:

  • O‘zbekiston va xalqaro oliy o‘quv yurtlariga kiruvchi abituriyentlar uchun maxsus dastur
  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kirish imtihonlariga tayyorlash
  • Matematika, kimyo, fizika va ingliz tili fanlaridan respublika va xalqaro olimpiadalarga maktab va litsey dasturlarini chuqurlashtirilgan holda tayyorlash
  • Til kurslari: General English, nemis tili, koreys va rus tili
  • Ingliz tilidan xalqaro imtihonlarga tayyorlash (IELTS, GMAT)

Abituriyentlar uchun dastur

INSPIRING EDUCATION NTMning abituriyentlar uchun mo‘ljallangan maxsus o‘quv dasturi abituriyentlarni O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlashga qaratilgan. O‘quv jarayoni DTM tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturi va me’yorlari asosida olib boriladi. Abituriyentlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlanadilar: texnika, ijtimoiy,tabiiy fanlar.

Shuningdek, o‘quv markazimizda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universiteti Toshkent filiali, Singapur menejmentni rivojlantirish universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filiali, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali kabi xalqaro oliy ta’lim muassasalariga ham sifatli tayyorlanadi.

O‘quvchilarning o‘quv jarayonini o‘zlashtirish monitoringi davlat standartlari asosida olib boriladigan test sinovi natijalariga qarab belgilab boriladi hamda har oyda o‘tkaziladigan test sinovi natijalari haqida sms xabarlari yoki telefon qo‘ng‘iroqlari orqali ota-onalar xabardor qilib boriladi.

Test sinovlari natijasiga ko‘ra, guruhda eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchiga oylik to‘lovning 10 foiz miqdoridagi pul mablag‘i o‘quv qurollari va qo‘llanmalari ko‘rinishida (kitoblar,axborotnomalar, daftar va h.k) sovg‘a qilinadi.

Akademik litsyey va kasb-hunar kollejlariga tayyorlash

O‘rta maktab o‘quvchilarini O‘zbekiston Respublikasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tayyorlash. O‘quv mashg‘ulotlari barcha fanlar bo‘yicha haftada 3 marta 2 astronomik soatdan olib boriladi. Har bir guruh o‘quvchilar soni 12 nafardan oshmagan holda shakllantiriladi. O‘quvchilar bepul tarqatma materiallar bilan ta’minlanadi. O‘quv mashg‘ulotlari dasturi DTM tomonidan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan o‘quv standartlari va me’yorlari asosida olib boriladi.

 

Til kurslari

Kursning maqsadi chet tillarini sifatli o‘rgatish hamda o‘quvchilarni o‘sha til vakillarining madaniyati va urf-odatlari bilan yaqindan tanishtirish hisoblanadi.

Mashg‘ulotlar haftada 3 marta 2 astronomik soatdan olib boriladi. O‘quv kurslari xorijiy darsliklarlar hamda o‘sha darsliklar asosidagi audio va video materiallar bazasi asosida shakllantirilgan. O‘quv materiallari, ya’ni darslik va audio disklar bepul beriladi. O‘quv kursining har bir darajasi 4 oydan 6 oygacha davom etadi. Har bir darajaning lug‘at zaxirasi 2000 so‘zni tashkil qiladi. Har 4 haftada nazorat ishlari o‘tkazilib boriladi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchiga keyingi oy to‘lovi uchun 10 foiz chegirma belgilanadi. Har bir kursning so‘ngida yakuniy nazorat o‘tkazilib, o‘quvchi keyingi darajaga o‘tkaziladi.

Fan olimpiadalariga tayyorlash

Matematika, kimyo, fizika va ingliz tili fanlaridan mahalliy, respublika hamda xalqaro olimpiadalarga maktab va litsey dasturlarini chuqurlashtirilgan holda tayyorlash.

Ushbu o‘quv kurslarida quyidagilar ishtirok etishlari mumkin:

  • O‘rta maktabning 8 9-sinf o‘quvchilari
  • Akademik litsey va kollejlarning 1- va 2 bosqich talabalari

O‘quv kursining asosiy maqsadi o‘quvchilarni tanlagan fan bo‘yicha fan olimpiadalari va tanlovlarga qatnashish uchun chuqurlashtirilgan holda tayyorlash.

Ingliz tilidan xalqaro IELTS, GMAT imtihonlariga tayyorlash

INSPIRING EDUCATION o‘quv markazida IELTS dasturi bo‘yicha imtihonlarga tayyorlashning bir necha turlari mavjud bo‘lib, Siz unda guruh yoki yakka tartibdagi tayyorlanishni, uzoq muddatga mo‘ljallangan yoki, aksincha, qisqa muddatli tayyorlov treninglarini tanlashingiz mumkin. Tayyorlov turlari va uning jadal sur’atlarda o‘zlashtirilishi sizning tanlagan vaqtingiz yoki ingliz tilidan o‘zingiz ega bo‘lgan bilim darajangizga bog‘liqdir. O‘z oldingizga qo‘ygan har qanday maqsadlaringizda ham o‘quv markazimiz mutaxassislari sizga yaqindan yordam berib, o‘z maslahat va ko‘rsatmalarini beradilar.

Imtihondagi omad – bu uning hajmi va tuzilishini yaxshi bilish deganidir. Yuqori malakali o‘qituvchilardan bilim olish IELTS imtihonlarini yuqori baholarda topshirish, nafaqat topshirish, balki uning o‘ziga xos yo‘l-yo‘riqlarini o‘zlashtirish hamda uni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay bilish uchun ham imkoniyat yaratadi.

IELTS imtihonlariga tayyorgarlik  2 oydan 6 oygacha davom etishi mumkin. Dastur imtihonlarning to‘liq hajmi hamda uning to‘rt bosqichini ham qamrab oladi. Asosiy katta e’tibor Reading, Listening, Writing va Speaking kabi bosqichlarning o‘zlashtirilishi, ular bo‘yicha beriladigan va bajariladigan topshiriqlarning bajarilish texnikasini oson o‘zlashtirilishiga qaratilgan. Guruhlar bo‘limlar (IELTS Academic yoki IELTS General) hamda bosqichlar (Intermediate va undan yuqori) bo‘yicha farqlanadi.

O‘quv markazimizda o‘quv jarayoni uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Markaz o‘quv xonalari, keng va shinam ma’ruza auditoriyalari bilan ta’minlangan. Barcha fanlardan o‘quv darsliklari va qo‘llanmalari, xorijiy tillardagi badiiy adabiyotlar, vaqtli matbuot, chet tilini o‘rganish uchun audio va video materiallar hamda elektron darsliklar-u qo‘llanmalar bilan tanishish uchun internet tarmog‘iga ulangan kutubxona mavjud.

Bularning barchasi Sizning o‘z ustingizda ishlash va mustaqil ta’lim olishingiz uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.

Bilim chegara sizdir va uni egallash uchun barcha imkoniyatlarni qo‘llash kerak.

Taqdirning biz uchun yo‘llaydigan qiyinchiliklari, aslida, bizning kuchli bo‘lishimiz uchundir. Birinchi urinishda universitetga kira olmaganingiz yoki IELTS imtihonlaridan xohlagan natijaga erisha olmaganingiz – busiz to‘g‘ri yo‘l tanlamaganingiz yoxud kelasi safar yuqori natijalarga erishishingiz uchun imkoniyatdir. Asosiysi, ruhan tushkunlikka tushmaslik, o‘qish va izlanishda davom etishdir. Xitoy donishmandligida aytilishicha: «O‘qish – oqimga qarshi suzish: to‘xtab qoldingmi – u seni ortga surib ketadi». Erishilgan natijalar bilan cheklanib qolish kerak emas. Va biz ishonamizki, bizning bergan bilimlarimiz va sizning mehnatsevarligingiz orqali o‘zingiz istagan natijaga, albatta, erishasiz.

Manzil:1) Toshkent shahri,Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi 24- «A» uy

Tel.: +99871 278 07 97; +99895 198 48 24; +99895 177 48 24;

https://facebook.com/iedu.uz

Reklama huquqi asosida 

Top