16:52 / 24.02.2017
9379

OAV: Trampning hijob kiygan yagona maslahatchisi ishdan ketishga majbur bo‘ldi

Foto: Getty Images

AQSh sobiq prezidenti Barak Obama paytida milliy xavfsizlik Kengashida katta maslahatchi bo‘lib ishlagan Rumona Ahmad o‘z lavozimini tark etdi. U yangi ma'muriyat ish boshlaganidan sakkiz kun o‘tib ishdan ketgan. Bu haqda MSNBC xabar bermoqda.

«Men sakkiz kun ishlashga muvaffaq bo‘ldim», - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorning qabul qilinishiga AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatga musulmon davlatlardan bo‘lgan fuqarolarni kiritmaslik haqidagi farmoni, shuningdek nimagadir ta'sir ko‘rsatish imkoniyatining yo‘qligi sabab bo‘lgan.

Top