14:44 / 24.02.2017
3842

Tramp migratsiya farmonini asoslash vazifasini topshirdi

Foto: Reuters

AQSh razvedka boshqarmasi xodimlari musulmon mamlakatlari AQShga terrorchilikni eksport qilganini isbotlovchi dalillar topishlari kerak. Oq uy rahbari milliy xavfsizlik vazirligiga, 7 musulmon mamlakatlar fuqarolarining AQShga kirishiga vaqtincha taqiq asosli ravishda qo‘yilganini isbotlashda adliya vazirligiga ko‘mak berishi lozim. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

“Ushbu ikki boshqarma Iroq, Eron, Suriya, Yaman, Sudan, Somali va Liviya AQShga terrorchilikni eksport qilganini isbotlash ustida bosh qotirmoqda”, — deya izoh bergan Oq uydagi yuqori lavozimli mulozim. 

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, milliy xavfsizlik vazirligining ayrim xodimlari prezident topshirig‘ini istar-istamay qabul qilishgan. Chunki, ularga prezidentning razvedka boshqarmasini siyosiylashtirishi yoqmayapti. 

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp vazifasiga kirishganidan so‘ng, 7 musulmon mamlakatlari fuqarolarining mamlakatga kiritilishini vaqtincha taqiqlovchi farmonga imzo chekkan edi. Ammo, keyinchalik, Sietl sud'yasi Jyeyms Robart bu farmonni Konstitutsiyaga zid deb topgan va ijrosini taqiqlagandi. 

Top