08:33 / 24.02.2017
3808

Tramp Tokio va Seulning RQM tizimlarini tezlashtirishni rejalashtirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Reuters agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, KXDR tomonidan agressiyani to‘xtatib turish uchun Yaponiya va Janubiy Koreyada RQM (raketalarga qarshi mudofaa) tizimlarini joylashtirishni tezlashtirish zarur. 

Davlat rahbarining qayd etishicha, Pxenyan ma'muriyatining ballistik raketalarni sinashi Trampning «jahlini chiqargan».

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyani bu kabi tizimlarni barpo etishga imkon bermaslik uchun qo‘llaniladigan choralar to‘xtatilmaydi. Trampning ta'kidlashicha,  Pekin rahbariyati agar xohlaganida KXDR tahdidiga osongina barham bera olardi. 

Mavzuga oid
Top