22:33 / 24.02.2017
8737

TTeSIda “Karera - 2017” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Markaziy Osiyoda yetakchi tayanch oliy ta'lim muassasalaridan biri bo‘lgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida har yili Avtomatlashtirish va boshqaruv, To‘qimachilik sanoati texnologiyalari, Paxta sanoati texnologiyalari, Yengil va matbaa sanoati texnologiyalari yo‘nalishlarida bugungi kunda mingdan ziyod mutaxassis tayyorlanmoqda. 

Shu bois joriy  yilning 24 fevral kuni institutda “Karera kunlari-2017” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. “Karera kuni” mehnat yarmarkasida 50 dan ortiq korxona va tashkilotning vakillari ishtirok etishdi. 

O‘tkazilgan mehnat yarmarkasining asosiy maqsadi 2016 – 2017 o‘quv yilda institut bitiruvchilarini dastlabki ishga taqsimlash, tavsiya etish va bitiruvchilarning o‘z xohish-istaklari bo‘yicha ish tanlash jarayonlarining sifat va samaradorligini oshirishdan iborat.

 

Top