00:24 / 24.02.2017
19035

Turkiya ayol harbiylarga hijob kiyishga ruxsat berdi

Foto: AFP

Turkiya ayol harbiylarning hijob kiyishga nisbatan taqiqlovni bekor qildi. Bu haqida BBC xabar berdi

Bu masala Turkiyada ko‘p yillar davomida bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan edi. So‘nggi yillarda maktab, universitet xodimalari, shuningdek davlat xizmatidagi ayollarning hijob kiyishiga nisbatan qo‘yilgan taqiqlar olindi. 

Yangi qoidalar bundan buyon armiyadagi ayol askarlar, serjantlar va kursantlarga nisbatan ham qo‘llanadi. Unga ko‘ra, ayol harbiylar maxsus bosh kiyim ostidan ro‘mol o‘rash huquqiga ega bo‘ladi. 

O‘zgarishlar hujjatning Turkiya rasmiy nashrida chop etilganidan so‘ng kuchga kiradi. 

Top