17:50 / 24.02.2017
14031

O‘zbekistonda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashkil qilindi

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, shuningdek ushbu Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar faoliyatini sifatli hamda to‘liq axborot-tahliliy ta'minlash maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashkil qilindi. 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ta'sischilarining yig‘ilishida Markaz Ijrochi direktori etib Burxanov Akmal Eshondedayevich saylangan. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 fevral kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Shu munosabat bilan, Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasida Markaz Ijrochi direktori A.Burxanov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda A.Burxanovga nodavlat notijorat tashkilotining huquq va majburiyatlari tushuntirildi hamda Markazning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma topshirildi.

Top