19:12 / 24.02.2017
3118

Janubiy Koreya mudofaa loyihalariga yarim milliard dollardan ko‘proq mablag‘ sarflamoqchi

Foto: AP

Janubiy Koreya hukumati 2017 yilda Shimoliy Koreya tomondan yadroviy va raketa tahdidi mavjudligi sababli mamlakat mudofaasini mustahkamlash uchun 530 mln dollar sarflaydi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning qurol-aslaha sotib olish dasturlari bo‘yicha davlat boshqarmasi 11 ta yuqori texnologik mudofaa loyihasini amalga oshirishni rejalashtirgan. Ular orasida ayg‘oqchi sun'iy yo‘ldoshlar uchirish, "yer-havo" turidagi uzoq masofalarga mo‘ljallangan raketalar va o‘rtacha balandlikda parvoz qiluvchi uchuvchisiz parvoz qurilmalarini yaratish kabi loyihalar aytilgan.

Shuningdek, axborot agentligi mamlakatda kiberhududda urush vositalari laboratoriyasi hamda harbiy texnologiyalar sohasida 5 ta yangi laboratoriya va bitta mudofaa ilmiy markazi ochilishi rejasi borligini eslatib o‘tgan.    

2017 yilda Janubiy Koreyada harbiy xarajatlarni o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga oshirish ko‘zda tutilgan va mudofaaga umumiy hisobda 34,7 mlrd dollar ajratiladi.

Seulda mudofaa qudratining oshirilishi Shimoliy Koreyaning harbiy tayyorgarliklari bilan tushuntirilmoqda.

Mavzuga oid
Top