16:06 / 25.02.2017
150061

10 ming so‘mlik banknotning navbatdagi “dizayn”lari paydo bo‘ldi

Joriy yilning 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10 ming so‘mlik banknotlarning chiqarilishi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Senat Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan o‘n ming so‘mlik banknotning namunasi va dizaynini ma'qullagan.

Shundan so‘ng 10 ming so‘mlik banknotning turli dizayni aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boshladi. Ularning birida Shahrisabz shahrida joylashgan Oq saroy obidasi aks etgan bo‘lsa, boshqasida Islom Karimov surati tushirilgan. 

Yaqinda ana shunday suratlardan yana ikkitasi paydo bo‘ldi. Ularning ham soxtaligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Biri yosh bolalar tomonidan qilingan shekilli banknotdagi so‘zlar imlo xatolariga yo‘l qo‘yilgan holda yozilgan. 

Ma'lum qilinishicha, yangi kupyura dizayni avvalgi xabarlarda taxmin qilinganidek bo‘lmaydi, ya'ni unda inson surati aks etmaydi va dizayn bo‘yicha an'ana davom ettiriladi. Markaziy bank ma'lumotiga ko‘ra, banknot bosmaga topshirilishidan oldin bank saytida uning surati va boshqa ma'lumotlar e'lon qilinadi. Ammo bu biroz cho‘zilib ketmayaptimikan?

Top