09:08 / 25.02.2017
3966

AQSh va Peru yetakchilari Lotin Amerikasini rivojlantirish yo‘llarini muhokama qilishdi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda perulik hamkasbi Pedro Pablo Kuchinski bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar Lotin Amerika taraqqiyoti, Venesueladagi vaziyat, muhojirlarning erkin harakatlanishi va harbiy texnikalar xaridi masalalarini muhokama qilishgan. 

Shu bilan birga, AQSh rahbari jurnalistlarning Peru sobiq prezidenti Alexadro Toledoning ekstraditsiya qilinishi imkoniyatini ko‘rib chiqiladimi, degan savollariga javob bermadi. Toledo Peruda korrupsiyada ayblanmoqda. Keyinchalik jurnalistlar bilan uchrashgan Kuchinski Tramp bilan uchrashuvda bu masalani biroz yodga olganini ta'kidlagan. 

Kuchinski AQSh prezidenti bilan bo‘lgan muloqotda, perulik muhojirlarning yaxshi niyatda ekaniga ishontirishga uringan. "Biz odamlarning erkin harakatlanishidan manfaatdormiz. Men prezident Tramp bilan uchrashuvimda shu haqda so‘z yuritdim, biz devorlar o‘rniga ko‘priklarni ma'qul ko‘ramiz", - degan Peru rahbari. 

Top