00:44 / 25.02.2017
23478

AQShning New Yorker jurnali muqovasida Putin antiqa ko‘rinishda tasvirlandi

AQShda chop etiluvchi The New Yorker jurnalining mart oyi soni noodatiy tarzdagi muqova bilan chiqadigan bo‘ldi. Gap shundaki, muqova rus tilida yozilgan "The Nyu-Yorker" yozuvi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning multfilmlarga xos rasmi bilan bezalgan. 

Jurnal rassomi Barri Blitt Putinni jurnalning 1925 yilda chop etilgan ilk soni muqovasida tasvirlangan va uning ramzi hisoblanuvchi Yustas Tilli obrazida tasvirlagan. Bu tasvirga jurnalda deyarli har yili, odatda jurnalning tug‘ilgan kuni nishonlanadigan fevralda taqlid qilinadi. 

Jurnalning yangi sonidagi muqovada Putindan tashqari kapalak qanotli Donald Tramp ham tasvirlangan. Putin tasvirda uchib yurgan Trampni monokol orqali kuzatib turibdi. 

Foto: Twitter.com/@NewYorker

Jurnalning bu sondagi mavzusi "Tramp, Putin va yangi sovuq urush" nomli maqola bo‘ladi. Bu maqola "go‘yoki Rossiyaning AQSh prezidenti saylovlariga aralashuvi"ga bag‘ishlangandir. 

Putin bu jurnalning muqovasida birinchi marta paydo bo‘lmayapti. 2014 yilda Sochidagi Olimpiada oldidan jurnalning Putin muz ustida uchuvchi figurachi ko‘rinishida tasvirlangan soni chiqqan.

Top