21:51 / 25.02.2017
14252

"Yalang‘och" to‘ti instagram yulduziga aylandi

Foto: rhea_thenakedbirdie / instagram

Kamdan-kam uchraydigan Psittacine virusi sababli patsiz qolgan Reya laqabli to‘tiqush o‘zining antiqa kiyimlari tufayli Instagram ijtimoiy tarmog‘i yulduziga aylandi.

To‘tiqushning egasi, Bostonda yashovchi 23 yoshli Izabella Ayzenmann "yalang‘och" qushchasiga yorqin ko‘ylaklar tikadi va turli issiq kiyimlar to‘qib beradi. 

To‘tiqushning shu kiyimlarda tushgan suratlari ijtimoiy tarmoqda o‘n minglab layklar va yuzlab izohlar to‘plamoqda. 

Mavzuga oid
Top