22:37 / 25.02.2017
7506

APL. «Chelsi» eng yaqin ta'qibchisidan 11 ochkoga ilgarilab ketdi

Angliya premer-ligasining 26-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. «Chelsi» o‘z uyida «Suonsi»n qabul qildi.

Avvaliga Sesk Fabregasning golidan keyin mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishgandi. Biroq birinchi bo‘lim so‘nggida Fernando Lorente hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Pedro va Diyego Kosta tomonidan kiritilgan gollar Antonio Konte jamoasiga muhim uch ochkoni keltirdi. Ushbu g‘alabadan keyin «Chelsi» hisobidagi ochkolar soni 63taga yetdi va jamoa eng yaqin ta'qibchisi «Manchester Siti»dan bitta ko‘p uchrashuv o‘tkazgan holda, ularni 11 ochkoga ortda qoldirib ketdi.

Shuningdek bu turda «Vest Bromvich», «Bornmut»dan (2:1) ustun kelgan bo‘lsa, «Kristal Pelas» ligada qolish uchun muhim kurashda «Midlsbro»ni mag‘lubiyatga uchratdi. «Hall» esa o‘z uyida «Byornli»ni mag‘lubiyatga uchrata olmadi. Yana bir autsayder «Sanderlend» mehmonda «Everton»ga mag‘lub bo‘ldi.

Angliya premer-ligasi, 26-tur

Chelsi – Suonsi 3:1 (1:1)
Gollar:
 Fabregas (19), Pedro (72), Diyego Kosta (84)  – Lorente (45+2).
Chelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Fabregas, Mozes (Zuma, 85), Pedro (Matich, 76), Kante, Azar (Villian, 85), Diyego Kosta.
Suonsi: Fabianski, Fernandes, Olsson, Noton, Mouson, Kerroll (Ayyu, 76), Kork, Rautledj (Narsinx, 81), Fer, Sigurdsson, Lorente.
Ogohlantirishlar: Noton (35), Olsson (36), David Luiz (75), Fer (80).

Vest Bromvich – Bornmut 2:1 (2:1)
Gollar:
Douson (10), Makoli (22) – King (5, penalti).
Vest Bromvich: Foster, Makoli, Evans, Nom, Douson (Makkleyn, 54), Fletcher, Brant, Morrison (Yakob, 73), Livermor, Shadli (Fild, 88), Rondon.
Bornmut: Boruts, Mingz, Deniels, Smit, Kuk, Uilsher (Gosling, 66), Pyu (Musse, 79), Freyzer, Arter (Afobe, 66), King, Serman.
Ogohlantirishlar: Nom (49), Makkleyn (69).

Kristal Pelas – Midlsbro 1:0 (1:0)
Gol:
van Anxolt (34).
Kristal Pelas: Hennessi, Tomkins, van Anxolt (Shlupp, 87), Uord, Sako, Kabay (Makartur, 63), Milivoyevich, Panchon, Taunsend, Zaa (Denn, 88), Benteke.
Midlsbro: Valdes, Ayyala, Fabio, Espinosa, Gibson, Forshou (Gediura, 61), de Ron, Ramires, Dauning, Negredo (Jyested, 46), Stuani (Traore, 79).
Ogohlantirishlar: Kabay (30), Fabio (75), Makartur (76), Uord (83).

Everton – Sanderlend 2:0 (1:0)
Gollar:
Guyye (40), Lukaku (80).
Everton: Robles, Uilyams, Beyns, Koulmen, Funes Mori, Devis (Valensiya, 70), Shnayderlin, Guyye, Barkli (Makkarti, 83), Lukman (Miralyas, 60), Lukaku.
Sanderlend: Pikford, Kone, Ovedo, Jons (Mankilo, 90), O′Shi, Larsson, Gibson (Xanimen, 79), Ndong, Yanuzay, Borini (Xazri, 79), Defo.
Ogohlantirishlar: Gibson (35), Ovedo (77).

Hall – Byornli 1:1 (0:0)
Gollar:
 Haddlstoun (72, penalti) – Kin (76).
Hall: Yakupovich, Maguayr, Ranokkiya, Robertson, Elabdellaui (Ernandes, 82), Ndiayye, Al-Muhammadi, Melouni (Meyler, 67), Haddlstoun, Grositski, Mbokani (Nyasse, 67).
Byornli: Hiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Boyd, Vestvud (Tarkovski, 85), Barton, Breydi (Arfild, 89), Barns, Grey (Vouks, 85).
Ogohlantirishlar: Vestvud (40), Haddlstoun (53), Barns (71).
Chetlatish: Barns (90+2).

Top