11:51 / 25.02.2017
25736

Qirg‘izistonning asosiy eksport mahsuloti ma'lum

Qirg‘izistonning asosiy eksport mahsuloti oltin, Shveytsariya esa – uning asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda. Bu Yevropa mamlakatiga Qirg‘iziston eksporti umumiy hajmining 42 foizi to‘g‘ri keladi, deyiladi Qirg‘iziston respublikasi iqtisodiyot vazirligi saytida.

Idora ma'lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston hammasi bo‘lib 80ta yaqin va uzoq xorij davlatlariga mahsulot yetkazib beradi. Eksport bozorlarini tashkil etishdagi asosiy ulush bir necha davlatga tegishli.

Qirg‘iz mahsulotlarining bu mamlakatlarga mahsulot yetkazib berish hajmi respublika eksporti umumiy miqdorining 92 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi. QRning oltinni hisobga olmaganda asosiy savdo sheriklari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari hisoblanadi – taxminan 50 foiz.

Qirg‘iziston eksporti mahsulot tuzilmasidagi asosiy ulush qimmatbaho metallar, jumladan oltinga tegishli, umumiy eksport hajmidagi nisbati esa 45,4 foizni tashkil etadi. Eksport umumiy hajmidagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi – 12 foizdan ortiqroqqa, yengil va tekstil sanoati mahsuloti – 11 foiz, mashinasozlik mahsulotlari – 11,2 foizga teng.

O‘tgan yilda oltin yetkazib berish hajmi 5,4 foizga oshgan bo‘lsa, ruda va qimmatbaho metallar konsentratlari, shlaklar va qorakuya – 7,7 barobar, sabzavotlar – 36,1 foiz, ko‘mir – 29,2 foiz, shisha va undan bo‘lgan mahsulotlar – 27,4 foizga o‘sdi.

Shu bilan bir qatorda, iqtisodiyot vazirligida ta'kidlashlaricha, qirg‘iz eksportining xomashyoga yo‘naltirilganligi, qayta ishlovchi sanoatning qoloqligi – uning rivojidagi eng muhim muammolardir.

Top