10:59 / 25.02.2017
19678

Oq uy Tramp va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarga oid navbatdagi bayonot bilan chiqdi

Foto: RIA "Novosti"

AQSh prezidenti Donald Tramp “Rossiya bilan aloqalari” haqidagi ayblovlarni doimiy ravishda rad eta olmaydi, sababi OAVlaridagi anonim bayonotlardan tashqari, hech qanday isbotlar yo‘q, deya ma'lum qilishdi Oq uyda. Bu haqda davlat rahbari ma'muriyati matbuot kotibi Shon Spayser aytib o‘tgan.

"Siz aslida bo‘lmagan narsani rad eta olmaysiz. U (Tramp – tah.) Putin bilan necha bor muloqot qilganini aytib o‘tgan. Uning Rossiyada hech qanday manfaatlari yo‘q. U aslida yo‘q bo‘lgan narsani shunday tez-tez rad eta olmaydi", - deya ma'lum qildi Spayser Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuv vaqtida.

Shuningdek Tramp matbuot kotibining ma'lum qilishicha, The New York Times nomi oshkor etilmagan manbaga asosan tarqatgan faqatgina bir holat bor. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, razvedka bo‘yicha qo‘mita ma'lumotni “isbotlanuvchi yolg‘on” deb tan oldi.

"Gap hech qanday holat aslida yo‘q ekanligida emasmi?" – deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Spayser. 

Avvalroq New York Times Tramp prezidentlik kampaniyasi a'zolari AQShdagi saylovlarga qadar, 2016 yilda Rossiya razvedkasining yuqori mansabli xodimlari bilan bir necha bor uchrashganini xabar qildi. Tramp OAVlarida sizib chiqish holatini jinoyat deb atab, bu ma'lumotni keskin rad etdi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Tramp jamoasining Rossiya razvedkasi bilan aloqalari borasidagi xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma'lum qildi. U tonggi gazetalarni o‘qimaslikni tasviya qilib, “keling gazeta xabarlariga ishonmaymiz, sababi hozir soxta narsani haqiqiysidan ajratish juda mushkul” deya maslahat berdi.

Mavzuga oid
Top