17:43 / 25.02.2017
9938

Turkiya bosh vaziri qanday qilib terrorchilikka chek qo‘yish mumkinligini bildirdi

Turkiya terrorchilar va fitnachilar faoliyatiga konstitutsiyani yangilash orqali yakun yasashi mumkin. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binali Yildirim tuzatishlar kiritish haqidagi referendumdan avvalgi hukmron adolat va rivojlanish Partiyasi tashviqot kampaniyasining rasmiy boshlanishi vaqtida ma'lum qilgan. 

"Mamlakatimiz uchun bu o‘zgarishlar tarixiy ahamiyatga ega. Hokimiyat mustahkamlanadi, to‘ntarishlar, ta'sir o‘tkazishlar ortda qoladi. Tuzatishlar sabab byurokratiya kamayadi, yangi tizim (prezidentlik) esa terrorchilik, fitnachilarni yo‘q qiladi. Tuzatishlar terrorni ta'minlab turadigan tomirlarni kesadi, ular yo‘qoladi", - deya aytib o‘tdi adolat va rivojlanish Partiyasi rahbari sanaluvchi bosh vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi hokimiyat tizimi “Turkiyada siyosiy inqirozlar ehtimolini yo‘qotib va murosa madaniyatini oshiradi”.

Yildirim tadbirda yig‘ilgan partiyaning 40 ming a'zosiga referendumga olib chiqilgan 18ta tuzatishlar haqida aytib berdi hamda keyingi prezidentlik va parlament saylovlari reja bo‘yicha 2019 yilda o‘tkazilishini ta'kidlab o‘tdi. "Agarda ovoz berishda tuzatishlar ma'qullansa, Toyyib Erdo‘g‘an yangi hokimiyat tizimi sharoitida prezident bo‘ladi. Ikkita tuzatish darhol kuchga kiradi, ular davlat rahbarining partiya a'zoligini saqlab qolish hamda hakamlar va prokurorlar Oliy kengashi tuzilmasini o‘zgartirishni nazarda tutadi. Bizda qolgan o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun hali vaqt bor", - dedi u.

Anqaradagi sport arenasida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir adolat va rivojlanish Partiyasi tashviqot kampaniyasining rasmiy boshlanish nuqtasi sanaladi, u 15 aprelga qadar davom etadi. Referendumning o‘zi esa 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Bugun esa partiya kampaniyaning asosiy shiorlari, tashviqotning audiovizual materiallari, promofilmlarni taqdim etdi.

Taklif etilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, prezidentlik boshqaruv shakli kiritilmoqda, davlat rahbari vakolatlari kengaymoqda, u shuningdek, hukumat rahbariga ham aylanadi. Bosh vazir lavozimi esa tugatiladi. Prezident vitse-prezident, vazirlar, hakamlar va prokurorlar Kollegiyasi a'zolarining bir qismini tayinlash huquqini qo‘lga kiritadi. U parlament tasdig‘isiz kuchga kiruvchi farmonlar chiqarishi ham mumkin, garchi bu farmonlar konstitutsiya holatining bir qisminigina qamrab oladi va parlamentning qonunchilik vakolatlari sohasi bilan ixtilofga kirmasligi darkor.

Biroq parlament ham prezident va hukumat ishi ustidan nazorat bo‘yicha katta vakolatlarni olmoqda, ular ichida davlat rahbariga qarshi parlament surishtiruvlarini o‘tkazishni tashkil etish ham bor. Bundan tashqari, prezidentning aksariyat farmonlari keyinchalik parlamentda ma'qullash jarayonidan o‘tishi lozim yoki ularning harakati bekor qilinadi.

Top