11:20 / 25.02.2017
48650

O‘zbekistonda yo‘llarni ta'mirlashda... loy ishlatilmoqda (foto, video)

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

Mahalliy yo‘l ta'mirlovchilar avtomobil yo‘llarini ta'mirlashning o‘ta “noyob” usulini o‘ylab topishdi – chuqurchalarni oddiy loy bilan to‘ldirib qo‘yish. Agarda bunga o‘zingiz ishonch hosil qilmoqchi bo‘lsangiz, Chilonzor, Bektemir va Yunusobod tumanlaridagi yo‘llarga bir nazar tashlang.

Haqiqatdan ham noyob usul – arzon, tez, hech qanday texnika kerak emas, bir, ikki va chuqurcha yo‘q. Faqatgina bitta kamchilik bor – ta'mirlash uzoq vaqtga yetmaydi, biroq bizda loy bilan hech qanday muammolar yo‘q.

Umid qilamizki, bu amaliyot “O‘zavtoyo‘l”ni tugatish hamda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari bo‘yicha Davlat qo‘mitasi, shuningdek yo‘l-qurilishi ishlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasi tashkil etilishi bilan tarixga aylanadi.

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

Top